uzb eng rus Bosh sahifa | Fotolavhalar | E-mail

Hamkorlar

www.connect.uz
Qarshi "Nuriston" akademik litseyi

Tarixning o’qilmagan satrlari

  "Langar Ota" boy ma`naviy meros

Agar e’tibor qilinsa, yurtimizda Poyu Ostona Langar Ota nomi bilan ataluvchi makonlar yoki qishloqlar soni 7 nafarga yetadi. Shunday nom bilan ataluvchi qishloq qo’shni Qozog’istonda ham bor.Gap ularning sonida emas, har birining qadimiyligi, muqaddas makon sifatida rivoyatlarga boyligi, aziz avliyolar qadami yetgan yoki abadiy makon topgan tabarruk maskan sifatida moziy sarhadlarida ham, hozir ham ko’pchilikni diqqat e’tiborini tortib kelayotganligi bilan ahamiyatlidir. Aslini olganda Yurtimiz tuprog’ining har hovuchi, har qarichi muqaddas, uni asrab avaylamoq, ko’zga surtmoq, tarix qaqtida qolgan har bir rivoyat, afsona va qo’shig’ini, jon qulog’imiz bilan tinglamoq, uni e’zozlab bir-birimizga yetkazmoq va ma’rifiy ibrat sabog’ini olmog’imiz millat sifatida naqadar yuksalishimiz uchun koni foyda emasmi? Biz bu o’rinda Zarafshon tizma tog’larining Chaqili kalon deb ataluvchi Samarqand va Qashqadaryo o’rtasida joylashgan davonning Chiroqchi tumani xududidagi Qalqama vodiysiga qarashli Langar Ota qishlog’i haqida fikr yuritmoqchimiz. Sabab shulki, o’tmishda o’ziga xos shaharcha sifatida ma’lum va mashhur bo’lib Kitob bekligiga qaragan bu qishloq Shuro tuzumi davrida ham undan keyin ham Qamashidagi Katta Langar qishlog’iga nisbatan kam o’rganilgan. Xo’sh uning o’ziga xosligi o’rganishga arziydimi? E’tibor bering: Qishloqda azal-azaldan qonqarindosh bo’lib 90 bovli o’zbek urug’larining ro’yhatga ilinadigan yigirmaga yaqin vakillari yashaydi. O’n gektarlik qabristonda esa o’sha urug’ vakillari yoki urug’boshilar, Oqsoqollari uzoq- uzoqlardan shu yerga keltirib dafn etilgan.Chunki aziz-avliyolar poyu ostonasi nasib etgan banda duzax azobidan yengillik topadi, degan aqida mavjud. Uch mingdan ziyod aholi yashaydigan qishloq ahli adabiy tilga juda yaqin shevada so’zlashadi.Yaqin-yaqingacha qishloqda xuddi shahardagidek alohida nomlangan guzarlar, har guzarning kichik mehmonxonalari bo’lardi.Bu yerda qishloqni qadim-qadimdan guzar oqsoqollari boshqargan.
Langarota masjidining yon tomondan ko'rinishi

 
Langarota masjidining old tomondan ko'rinishi


Copyright 2004. Axmad Kodirov.

Hosted by uCoz