uzb eng rus Bosh sahifa | Fotolavhalar | sayt muallifi

Hamkorlar

www.connect.uz
Qarshi "Nuriston" akademik litseyi

Tarixning o’qilmagan satrlari

Langalar Ota islom olamining buyuk yodgorligidir

Biz tariflayotgan Langarda esa avliyo Sulton Vaysil Koranga saxobalar tomonidan Paygambarimiz Muxammad Alayxssalomning muborak tunlari yani inomlarini keltirib topshirilishi bilan bog’luk rivoyatlar xam bor. Vaysil Kiron va saxobalar uchrashib kurishgan joy - tosh supa -xozirgi Kadamjon Ota Langar kishlog’i darvozasida joylashgan. Bu silsila xakida bizgacha juda kam malumotlar yetib kelgan. Bizga tanish bulgan manbalarning xabariga kura Ishkiya silsilasining boshlanishi Sulton Vaysil Kironga / Koraynin / Paygambarimiz Abdul Xasan Ishkiyga borib takaladi. Ishkiyo shayxlarining asosiy shiori - Olloxga cheksiz mexr - muxabbat bulib , ular bir - birlari bilan uchrashganda Assalom alaykum Ishkiullox yani xudoning oshigi deb salomlashgan. Kadimshunosmasson keltirgan malumotga kura Hind tarixchisi Ahmad Kashmiriyning “Shayhlar avlodlarining shajara daraxti” kitobida Ishqiy silsilasining Hindistonda tarqalishi va Ishqiy shayxlari shajarasi beriladi. Kitobda Ishqiy shayxlari shajarasi Muhammad payg’ambarga borib taqaladi.Shuningdek Muallifi noma’lum bo’lgan “Imonning mufassal bayoni risolasida ham Ishqiy silsilasi haqida aytilgan.Orenburgda chop etilgan Abu Abduraxmon al Muoziyning kitobida Ishqiyolar to’g’risida quyidagi ta’rif berilgan: Bu silsilaning boshida Abdul Hasan Ishqiyo turadi. U esa Hoja Bahavuddinning zamondashidir.Abdul Hasan Ishqiyning vafotidan keyin bu silsilani uning o’g’li Xudoyqul shayx, undan keyin esa uning o’g’li Ilyos shayx boshqaradi. Ilyos shayx Samarqandda yashab Xoja Axror bilan zamondosh bo’ladi. Ishqiy shayxlarining qabrtoshlari Qalqama Langar Otasida, Shaxrisabz tumanidagi Qiyomiddin shayx qabristonida, Samarqanddagi Ostona Ota qabristonlarida ko’proq uchraydi. Shayx Abdul Hasan Ishqiy va uning avlodlari izdoshlari haqidagi eng xolis ma’lumotlar Xazrat Alisher Navoiyning “nasoyimul muhabbat” kitobida keltiriladi. Kitobning 628-faslidan boshlab, Shayx Abul Hasan Ishqiy va uning izdoshlari 8 nafar shayx haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Navoiy ta’rifida Abul Hasan Ishqiy asli Xorazmlik bo’lib turkey mashoyixlardandir. Shuningdek Langar qishlog’da saqlanayotgan uch nafar shajarada ham Ishqiyo shayxlari haqidq mukammal ma’lumotlar berilgan. Xullaski Ishqiyo silsilasi va uning asoschisi Abul Hasan Ishqiyo tarixi o’rganishga arziydigan darajada ibratli bo’lib, tarixchi olimlarimiz islomshunoslarimiz tomonidan keng tadqiqotlar manbaiga aylanishi kerak. Ochig’ini aytganda Langar Ota qishlog’I tarixi nafaqat tarixchi olimlarimizga, balki qadimshunoslarga, o’lka tarixi va tabiatini o’rganuvchilar uchun ham bitmas tuganmas xazina. O’qilmagan, o’rganilmagan qo’shiqlar manbai. Qishloqdagi Otashparastlar qo’rg’oni Muntoktepa, Otashparastlar qabristonidagi sopol tobut, ossuariy ostodonlar o’z tadqiqotchisini ko’tib yotibdi. Langar tog’laridagi tosh asriga oid Quchqortosh qoyasi, Qozontosh, Teshiktosh, Konizar g’orlari, Sadirtosh yodgorliklari ham har sayyoh yoki ziyoratchini, g’orshunosni qiziqtirishi tabiiy, Bizning bu hikoyalarimiz esa xamir uchidan patir. Eng muhimi esa Qalqama Langaridagi 2 mashhur Xonaqoh va Machit yodgorligi binolari bugungi kunda benihoya ta’mirtalab va asrab avaylashga muhtoj. Uni Respublikamizdagi boshqa noyob tarixiy obidalar qatorida asrab va himoyalab, kelajak avlodlar qo’liga yetkazish vazifasi kundalang turibdi.

Langarota masjidining yon tomondan ko'rinishi

 
Langarota masjidining old tomondan ko'rinishi


Copyright 2004-2006. Axmad Kodirov.

Hosted by uCoz