ru | eng | uzb
O'ZIM HAQIMDA
MENING YUTUQLARIM
USTOZLARIM
ISH FAOLIYATIM
MENING OILAM
FOTOLAVHALAR
YANGILIKLAR
MEHMONXONA
PEDAGOGIK MAHORAT
LANGAR OTA TARIXI

XUSH KELIBSIZ AZIZ DO`STLAR

QODIROV AHMAD MAXMUDOVICH - 1978 yil 23 avgustda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani Langar-ota qishlogida tug'ilgan.

Millati o`zbek.

Ma'lumoti Oliy. 1999 yil Samarqand Davlat Universitetini tamomlagan.

Mutaxassisligi: Matematik-informatik.

Harbiy unvoni: Katta leytenant.

2001-2004 yillarda Qarshi kompyuter texnologiya kollejida Informatika va matematika o`qituvchisi lavozimida ishlagan. 2001 yilda Toshkent Davlat Texnika Universitetida informatika yunalishi bo`yicha malaka oshirish kursini tugatib qaytgan.

2004 - 2005 yillar O`zbekistondagi xalqaro tashkilot "O`zbekiston maktablarida internet" dasturining Internet O`quv Markazi administratori lavozimida ishladi.

2005 - 2008 yillar Qarshi "Nuriston" akademik litseyida Internet O`quv Markazi mas'ul xodimi. Bir necha maqolalari Viloyat hamda Respublika matbuot sahifalarida nashrga chiqarildi. Bundan tashqari bir qancha elektron o`quv qo`llanmalar muallifi bo`lgan.

2008 - 2010 yil mart oyigacha Respublika ixtisoslashtirilgan o`quv ishlab chiqarish markazi “O’ZBEKO’QUVAVTOMATIKA” Qashqadaryo viloyat bo`limi direktori.

2010 yildan boshlab "Qashqadaryo tex samara servis" mas'uliyati cheklangan jamiyati boshqaruvi raisi.

2006 yil mart oyida A.Avloniy nomidagi Xalq ta'limi raxbar xodimlarlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markaziy institutining "Pedagogik mahorat" loyihasida "O`quvchilarni kompyuter va internetdan foydalanish savodxonligini oshirish" loyihasi bilan ishtirok etib finalist bo`ldi va G'oliblik sertifikatini qo`lga kiritdi.

Bundan tashqari 2006 yil 6-sentyabr kuni UZINFOCOM 2006 AKT Haftaligi doirasida o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15 yilligiga bag'ishlangan Yoshlar Internet Marafoni bo`lib o`tdi. Ahmad Qodirov tanlovning "Ta'lim va kasb faoliyatida Internetning kammunakatsiya imkoniyatlaridan eng yaxshi foydalanish" nominatsiyasida qatnashib faxrli I - o`rinni egalladi va 28 sentyabr kuni ICTExpo 2006 – Birinchi Milliy Axborot Texnologiyalar Ko'rgazmasida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 15-yilligiga bag'ishlangan Yoshlar Internet Marafoni g'oliblarini rasmiy taqdirlash marosimiga taklif etildi.Tanlov g'oliblari tanlov tashkilotchilari tomonidan diplomlar va sovg'alar bilan taqdirlandilar.

2007 yil 16 mart kuni “Internet bahori-2007” nomi ostida Navruz tantalariga bag’ishlangan AKT sohasidagi qator ta’lim tanlovlarining g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tanlovlar O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi UZINFOCOM Markazi tomonidan tashkil qilinib, 12 fevraldan 14 martgacha quyidagi yo’nalishlar bo’yicha bo’lib o’tdi:

1. “ZiyoNET saytlari” yo’nalishida “Maktab sayti”, “OO’Y sayti”, “Mustaqil loyiha” nominatsiyalarida;

2. “Eng yaxshi insho” yo’nalish bo’yicha “Informatika darslari”, “AKT o’qitish jarayonida”, “AKT o’quv jarayonini mukammallashtirish uchun” nominatsiyalarida;

3. Televiktorina;

4. “O’quv yurti kartochkasi”.

“Eng yaxshi insho” yo’nalishida “Informatika darslari” nominatsiyasi bo’yicha Qarshi shahrining “Nuriston” Akademik litseyi infomatika fani o’qituvchisi Ahmad Qodirov g’olib deb topildi. Sovrin sifatida unga Stol lampasi, AKT bo’yicha zamonaviy adabiyoti, hamda Internetdan 3- oy muddat ichida bepul foydalanish kartochkasi taqdim etildi. Bundan tashqari, g’olib “ZiyoNET saytlari” onlayn jurnali ishlab chiqishda faol ishtirok etdi.

Kelajakdagi rejalari:

Internet resurslaridan foydalangan holda Ta'lim olish uchun kerakli bo'lgan sharoitni yaratish. Turli mavzudagi tadbirlar, bahs munozaraga boy intelektual o'yinlar o'tkazish bo`yicha loyihalar ishlab chiqish. Bundan tashqari talabalarning intelektual salohiyatini oshirish va ilmga bo`lgan qiziqishini chuqurlashtirish yo`lida ish olib borish.

Manzil: Qarshi shahri, "Paxtazor" mitti tumani 14a-uy

telephone: (8-375)-2226800

E-mail: akodirov_uzb@yahoo.com, akodirov@mail.ru

Web: http://ahmadk.narod.ru

 DESIGN: JUST GOOD SITES
Copyright ©Ahmad 2005-2011
akodirov@mail.ru
Hosted by uCoz