O`quvchilarni kompyuter va Internetdan foydalanish savodxonligini oshirish
Loyihaning maqsadi va yangiligi
Hozirgi XXI asr texnika asrida har bir sohada ishni boshlash va uni boshqarishni kompyutersiz tasavvur qilish qiyin. Zamonamizning savodxon kishisi bo`lishi uchun, axborot texnologiyalarini puxta va mukammal egallamog`i lozim. Har bir mutaxassis, qaysi sohada faoliyat ko`rsatishidan qat'iy nazar o`z vazifasini zamon talabi darajasida bajarishi uchun axborotni ishlab chiqaruvchi vositalar va ularni ishlatish uslubiyotini bilish va ishlash kunikmalarga ega bo`lishi lozim.
- Loyihada O`zbekistondagi barcha talaba yoshlar hamda maktab o`quvchilari o`zbekcha (lotin alifbosida) ma'lumotlar (Elektron pochta va undan foydalanish, Web-saytlar tayyorlash, Informatika darsida kompyuter va Internetdan foydalanish bo`yicha tavsiyalar) bilan tanishadilar.Shu bilan bir qatorda Informatika va axborot texnologiyalari fanidan test savollari keltirilgan.
Hozirgi paytda o`qituvchilar zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilmasdan, darslarni mazmunli tashkil qilish qiyin. Shuning uchun O`zbekistondagi barcha o`qituvchilar ushbu texnologiyalardan unumli foydalanishsa, yoshlarimiz kelajagi uchun muhum o`rin egallaydi.
Ushbu Loyiha Internet nima, uning imkoniyatlari, Elektron pochta va undan foydalanish, qidiruv sistemalari orqali internet resurslaridan foydalanib ma'lumotlar topishni hamda web-saytlar tayyorlash bo`yicha tavsiyalar va Zamonaviy axborot texnologiyalari vositalari bilan tanishtiradi. Ko`rsatilgan barcha malumotlar lotin alifbosida bayon qilingan.
Kutilayotgan natijalar
Respublikamizning barcha ta'lim muassasalarida bugungi kunda kompyuter texnologiyalari va Butun jahon axborot tarmog`i bo`lgan INTERNETni o`quv jarayoniga tatbiq etishni rivojlantirishga katta ahamiyat berishmoqda. Buning huquqiy asoslari Prezidentimizning "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kammunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to`g'risida"gi farmonida, Vazirlar Maxkamasining 2001 yil 23 maydagi "2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internetning halqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash" haqidagi dasturlarida ko`rsatib o`tilgan. Mamlakatimizdagi ta'lim muassasalarining zamonaviy texnika vositalari va kompyuterlar bilan ta'minlanishi davom etayotgan bo`lsada, ulardan foydalanish va foydalanuvchilarning imkoniyat darajalarini ko`tarishni davr talabi taqoza etmoqda. Shuning uchun ham o`quv yurtlarimizda Informatika, Axborot texnologiyalari qolaversa barcha fanlarning o`qitilishiga va yangi texnologiyalardan samarali foydalanishni amalga oshiruvchi pedagogik xodimlarning malakasini oshirishga yordam beradi.
Web-dizayn haqida internet saytlaridan biz ko'pgina ma'lumotlar olishimiz mumkin. lekin u ma'lumotlarning deyarli hammasi rus va ingliz tillarida. O'zbek tilidagi ma'lumotlar kamligi aksariyat yoshlarimizning veb-dizayn bilan erkin shug'ullanishlariga imkon bermaydi. Mana shularni hisobga olgan holda bu loyiha o'zbek tilida(lotin alifbosida) yaratildi va asrimiz yoshlariga albatta asqotadi deb umid qilamiz. Siz ushba loyihamizdan o'zingizga kerakli ma'lumotlarni topa olsangiz va albatta bu ma'lumotlar asosida bir - biridan go'zal saytlar yaratsangiz bu mustaqil O'zbekiston yoshlarining katta yutuqlari bo'ladi deb o'ylaymiz. Bundan tashqari bu loyiha oqituvchilarga axborot texnologiyalrini darsga joriy qilishda malakalari hamda bilimlarini oshirish va butun mamlakat oqituvchilariga yordam sifatida foydalaniladigan, aynan Ozbekiston oqituvchilari uchun moljallangan koplab oquv qollanmalar hamda web-saytlar yaratish imkoniyatini beradi.
O`ylaymizki, yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib Axborot texnologiyalaridan foydalanishni va zamon talablariga to`liq javob beradigan shaxs sifatida ish yuritasiz hamda shaxsiy web-saytingizga ega bo`lasiz degan umiddaman.
|