KOMPYUTER VA INTERNETDAN FOYDALANISH
Informatika fanini o`qitishda kompyuter va internetdan foydalanish bo`yicha tavsiyalar.
Informatika darsida kompyuterdan foydalanish bo`yicha "Windows ish stoli yorliqlari" mavzusidagi Power point dasturida tayyorlangan ushbu taqdimotni bu erdan
olishingiz mumkin.
Avvalo siz internet nima?- degan savolga javob bera olishingiz kerak.
Internet global tarmoqqa ulangan kompyuterlar majmuidir. Aslida Internet millionlab kompyuterlarni, dasturlarni, ma'lumotlar bazalarini, fayllarni va odamlarni birlashtiruvchi tarmoqlardan tashkil topgan tizimdir.
Internet imkoniyatlari
-Ta'lim olish
-Muloqat vositasi
-Umumiy ma'lumotlar bazalari va kutubxonalar
-Bilimlar almashish vositasi
-Hamkorlik
-Elektron ofis
Siz Internet Explorer bilan ishlashni bilasizmi?
Internetda ishlashni boshlashdan oldin Internet bilan ishlaydigan dasturni ishga tushirish kerak. Bunday dasturlar brauzerlar deb ataladi. Zamonaviy brauzerlardan biri bu Internet Explorer.
Siz internet Explorerni bir necha usullarda ishga tushirishingiz mumkin:
-Ish stolidan
-"Пуск" menyusi yordamida
-"Быстрый запуск" panelidan
Internet Explorerni ishga tushirganingizdan so`ng, Internet Explorer interfeysi hosil bo`ladi:
Internet Explorer dasturini ham boshqa dasturlar oynasidek menyu satri va yordamchi to`gmalari mavjud. Dasturda ishlash uchun biz har birini bilishimiz lozim.
Oynaning eng yuqori qizmida sarlavha satri, ikkinchi satrida esa menyu satri joylashgan. Bu dasturni ishlash holatlarini to`g’ri o`rnatish uchun biz menyu satridan foydalanamiz. Quyida biz menyu satrining har bir bo`limini alohida ko`rib chiqamiz.
Файл menyusi
Создать – Yangi oynani ochish
Открыть окно – Yangi yoki saqlangan saytni shu oynada ochish
Редактировать – Saytni tahrirlash
Сохранить как – Saytni qattiq diskka saqlash
Параметры страницы – Sayt varaqasining xususiyatlarini o`zgartirish
Печать – Bosmaga chiqarish
Отправить – Saytni junatish
Экспорт импорт - Ma'lumotlarni tanlab olingan joyga (Internet Explorer)ga oson yo`llar bilan yuborish va qabul qilish
Свойства – Sayt xususiyatlarini ko`rish
Работать автономно – Telefon orqali ulanmasdan ishlash
Закрыть – Oynani berkitish
Правка menyusi
Вырезать – Xotiraga qirqib yoki kuchirib olish
Копировать – Xotiraga nusxani olish
Вставить – Xotiraga olingan nusxani chiqarib qo`yish
Выделить всё – Butun saytni belgilab tanlash
Найти - Qidirish
Вид menyusi
Панель инструментов – Yordamchi asboblarni o`rnatish
Строка состояния – Мa’lumotlarni satrini o`rnatish
Панель обозревателя – Sharhlovchi asboblarni o`rnatish
Перeход – Saytdan boshqa saytga o`tish
Остановить – To`xtatish
Обновить - Yangilash
Размер шрифта – Harflar shriftini o`zgartirish
Вид кодировки – Kodlarni o`zgartirish
Вид HTML - HTML ko`rinishda ko`rsatish
Во весь экран – To`liq ekranda ko`rish
Избранное menyusi
Добавить в избранное – Kerakli bo`lgan saytlar ro`yxatiga qo`shib qo`yish
Упорядочить избранное – Kerak bo`lgan saytlar ro`yxatini tartiblash
Сервис menyusi
Почта новости – Pochta bilan ishlash
Синхронизировать – Oynani qayta tekshirib yangilangan sohalarni o`zgartirish
Windows Update - Windows ni versiyasini Internet orqali yangilatish
Показать связные ссылки – Hamma giperyullanmalarni ko`rsatish
Свойства обозревателя - Обшие bo`limida – boshlovchi saytni o`rnatish, временный fayllarni yoki kiritilgan saytlar ro`yxatini saqlash, ekran ranglari tilli shrifti va har hil boshqa holatlarni o`rnatish. Программа bo`limida – pochta va telekonferensiyalar bilan ishlaydigan dasturlarni o`rnatish. Соеденение bo`limida – ulanish vaziyat holatlarini o`zgartirish. Безопастность bo`limida – viruslardan saqlanish. Содержание bo`limida – bir xil saytlarga kirishni takidlash, malumotlar to`g’rilikni o`rnatish. Дополнительно bo`limida – Explorer dasturini xususiyatlarini o`rnatish (qaysi obektlarni yuklash va yuklamasligini)
Menyu satridan keyingi satrda yordamchi tugmalar satri mavjud. Bu satrdagi tugmalar yordamida siz har xil amallarni bajarishingiz mumkin. Hozir ana shu tugmalar vazifasi bilan tanishamiz
Назад – Bir sahifa orqaga yoki boshqa saytlarga qaytish
Вперед – Bir sahifa oldingi yoki yangi saytlarga o`tish
Остановить – Bajarilayotgan buyruq ishini to`xtatadi
Обновить – Ekrandagi sahifani yangilaydi
Домой – Internet ishga tushirilgandagi sahifani ekranga chiqaradi
Поиск – Ma’lumotlarni topish xizmatini ishga tushiradi
Избранное – Kerakli saytlar ro`yxatini ko`rish
Журнал – Foydalanilgan saytlar ro`yxatini ko`rish
Yordamchi tugmalar satridan keyingi qatorda Adres satri joylashgan.
Bu satrda biz kerakli Web-sayt adresini yozib ENTER tugmasini bosamiz va natijada kompyuter ekranida shu adresga tegishli Web-sahifa paydo buladi.
Biz internet orqali ko`plab ma'lumotlar olishimiz mumkin.
Internet yordamida siz informatikaga oid ma'lumot olmoqchisiz yoki undan foydalanmoqchisiz, buning uchun qidiruv sistemalaridan foydalanasiz.
Quyida siz bir qancha qidiruv serverlari bilan tanishib chiqasiz:
www.yahoo.com
www.rambler.ru
www.google.com
Ajoyib qidiruv sistemalaridan biri www.google.com ni ekranda ko`rib turibsiz :
Siz ushbu qidiruv sistemasi yordamida informatika fanidan, qolaversa barcha fanlardan to`liq ma'lumotlar topishingiz mumkin. Buning uchun qidiruv sistemasiga informatikaga oid biror so`zni yozasiz, masalan "Internet haqida":
Siz izlayotgan ma'lumotlardan iborat saytlar ro`yxati chiqadi. Siz o`zingizga keraklisini tanlaysiz. Natijada siz ko`tgan "Internet haqida" ga oid barcha ma'lumotlardan iborat sayt hosil bo`ladi.
Siz qidiruv sistemasi orqali topgan ushbu sayt orqali Internetning ko`pgina qirralari haqida malumot olasiz.
Quyida keltirilgan ma'lumotlardan foydalanib, dars jarayonida qo`llasangiz Informatika fanini o`qitishda qolaversa boshqa fanlarda ham tatbiq etilsa, o`ylaymanki sizga ancha yordam beradi.
|